Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qaşqadaryo viloyatlarida bolalar futboli böyiça işlaş uçun ispaniyalik mutaxassis Kiko Zuniga (Xose Migel Martiarena) Toşkentga taklif etildi. Bu haqda ÖFF rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga köra, Zuniga 20 dekabr kuni Özbekistonga taşrif buyuradi. Ispaniyalik mutaxassis ham bolalar futbolini rivojlantiriş böyiça öz dasturini Özbekiston Futbol Federatsiyasi rahbariyatiga taqdim etadi. Bu dastur örganib çiqilgaç, mutaxassisga şartnoma taklif etiladi.

Zuniga Özbekistonda bolalar futbolini rivojlantiriş, futbol maktablarida Yevropaning futboli rivojlangan mamlakatlari öquv-metodikasi asosida iş olib boriş, bolalar bilan maşğulotlarni yangi uslubda, Yevropa andozalariga mos ravişda ötkaziş va şu yöl orqali yuqori saviyali futbolçilarni tayyorlaş dasturi asosida mamlakatimizga taşrif buyurmoqda. 

Ma'lumot uçun, Kiko Zuniga 1962 yil Ispaniyada tavallud topgan. Futbolçi sifatida «Real Sosedad» klubi safida töp surib, Copa del Rey sovrinini qölga kiritgan. Murabbiylik faoliyati davomida «Atletiko» Madrid jamoasining U-13 va U-14 jamoalarini boşqargan va katta natijalarga erişgan. Şuningdek, Kiko Zuniga «Real» Madrid jamoasining Xitoyda joylaşgan akademiyasida ham faoliyat yuritgan.

Eslatib ötamiz, şu yilning 17 dekabr kuni serbiyalik 56 yoşli mutaxassis Zavişa Miloslavleviç Toşkentga taşrif buyurişi xabar qilingandi. Uning Özbekistonda bolalar futbolini rivojlantiriş böyiça dasturi  Özbekiston Futbol Federatsiyasi rahbariyatiga ma'qul kelsa, Zavişa Miloslavleviç Andijon, Farğona, Namangan viloyatlarida iş olib boradi.