Surxondaryo viloyati Ma'naviyat va ma'rifat Kengaşi hamda Surxondaryo viloyat Ma'naviyat va ma'rifat bölimi tomonidan viloyatning ötmişi, muqaddas qadamjolari, vohaning şonli tarixidan darak berib turuvçi tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, bugungi kundagi taraqqiyot odimlari, takrori yöq, benazir sölim tabiati, madaniyati, urf-odatlari, qadriyat va an'analarini özida aks ettirgan bir söz bilan aytganda qadim va yengilmas ma'naviyatini namoyon etuvçi “Surxondaryo: buyuk ötmişdan, yorqin kelajak sari” nomli kitob-albomining taqdimot marosimi bölib ötdi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati Kun.uz'ga xabar qilgan.


Taqdimotda olimlar, ziyolilar, ma'naviyatçilar, öqituvçilar, mahalla faollari, yoşlar, OAV vakillari hamda kitob-albomni çop etgan “Ma'naviyat” naşriyoti rahbari - Sunnat Ahmedoviç Ahmedov, dizayner – Sohibov Şuhrat Şamsiddinoviç hamda Işçi guruhi a'zolari, mualliflar iştirok etişdi.
Kitob yaratilişi jarayonida har bir tumanning öziga xos tabiati, muqaddas va tarixiy qadamjolari, urf-odatlari, fasllar almaşinuvi, hunarmandçilik namunalariga, kiyiniş madaniyati, maşğuloti umuman olganda Surxon vohasi aholisining öziga xos xarakterini körsatib berişga alohida e'tibor qaratildi.
Mazkur kitobni tayyorlaş jarayoni 3 bosqiçda amalga oşirildi. Dastlab mutaxassis-olimlardan taşkil topgan Işçi guruh tomonidan kitobdan joy olişi lozim bölgan obektlar röyxati şakllantirilib, ular haqida töliq ma'lumotlar bazasi yaratildi.





















