12-15 dekabr kunlari viloyatda sportning yakkakuraş turlari va jang san'ati böyiça “Biz tinçlik tarafdorimiz” şiori ostida II an'anaviy sport festivali bölib ötdi.

Viloyat jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi tomonidan taşkil etilgan musobaqalarning birinçi bosqiçi tuman va şaharlarda ötkazilib, final bahslari olimpiya zaxiralari kollejining manejida taşkil etildi.

Sportning 21 turi böyiça ötkazilgan bahslarda sportçilar va uyuşmagan yoşlar iştirok etdilar.

Yoş sportçilarning oğir atletika, boks, belboğli kuraş, özbek jang san'ati, yunon-rum kuraşi, karate, uşu, qiliçbozlik va boşqa turlardagi bahslari keskin kuraşlarga boy böldi. Barça musobaqalarni sport majmuasiga yiğilgan ikki mingga yaqin tomoşabinlar kuzatib bordilar.

Festivalning tantanali taqdirlaş marosimida jang san'atini egallab kelayotgan yoşlar körgazmali çiqişlarda öz mahoratlarini namoyiş etişdi. Tadbirda söz olgan olimpiyada çempioni Muhammadqodir Abdullayev, sohaning viloyat boşqarmasi boşliği Ötkirbek Toşpölatovlar yoş sportçilarga öz tilaklarini bildirdi.

Ğolib va sovrindorlar, ularning murabbiylari viloyat jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi tomonidan tayyorlangan kuboklar va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.