Kun.uz tahririyatiga kelib tuşgan murojaatda yozilişiça, Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani hokimligi bir neçta tadbirkorlarning şaxsiy mol-mulkini noqonuniy ravişda buzib, heç qanday qaror yo hujjatsiz yangi obekt qurilişini rejalaştirmoqda. Kun.uz muxbiri masalaga oydinlik kiritiş maqsadida Surxondaryo viloyatiga yöl oldi.

Ma'lum qilinişiça, Muzrabot tumanidan ötuvçi M-39 magistral yöli yoqasida joylaşgan dehqon bozori sönggi paytda zamonaviy foydalaniş talablariga javob bermay qolgan. Bozor atrofida joylaşgan savdo va xizmat körsatiş obektlariga ega bölgan tadbirkorlar öz xohişiga köra, binoni buziş va qayta quriş böyiça tilxat (yoki tuşuntiriş xati) körinişida yozma rozilik xatiga imzo qöymoqda. Ularning aytişiça, ayni vaziyatda şubhali bir holat yuzaga kelgan. Gap şundaki, bozor hududidan taşqarida joylaşgan xususiy mulk egalari heç qanday mol-mulk kafolati haqida xat olmagan yoki hokimning tegişli qarori bilan taniştirilmagan. 

Agar bu majburiy buziş işlari hisobidan bölsa, hokimlik ma'lum miqdorda kompensatsiya puli berib, örnatilgan tartibda quriliş işlari olib borilişi şart. Bu maşmaşa esa deyarli bir yildan buyon çözilib kelmoqda.

Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan tuman hokimi örinbosari Qiliç Karimovning ta'kidlaşiça, «Yurtim Jamoli» mahallasida joylaşgan Dehqon (oziq-ovqat) bozori hamda uning atrofida faoliyat yuritayotgan «Savdo dökoni» binolarini şaharsozlik talablari asosida qayta rekonstruksiya qiliş böyiça tuman hokimining tegişli qarori mavjud.

Uşbu qarorda aytilişiça, tuman «Yer tuziş va köçmas mulk kadastri» davlat korxonasi rahbari S.Davlatov zimmasiga «​mazkur obektlarda quriliş işlari yakuniga yetganidan söng, belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkaziş vazifasi yuklatilgan»​. Soddaroq qilib aytganda, bozor va uning atrofidagi savdo dökonlari qayta ta'mirdan çiqarilgaç, yangi dökonlar yana şaxsiy mulk egalariga rasmiylaştirib beriladi. Ayni şu sözlarni tuman hokimi örinbosari ham takrorladi.

«​Mulkka egalik huquqi kadastr tomonidan tasdiqlangan har bir tadbirkorning yeri öziga rasmiylaştirib beriladi. Tumanimizni obod qilişning nimasi yomon, axir özi qurib, biz talab qilgan şartlar böyiça obektni bitkazadi»​, deydi u.