Xitoyning elektrokarlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Nio startapi özining ilk mahsuloti — ES8 krossoveri savdosini boşladi. Bu haqda Bloomberg agentligi yozmoqda.
Kompaniyaning uqdirişiça, maşina 4,4 soniyada tezligini soatiga 100 km.ga yetkaza oladi. Uning eng yuqori tezligi 180 km/s.ni taşkil etadi. Biroq elektrokar qisqa muddatli sport tartibida 200 km/s tezlikka ham erişa oladi.
ES8 bir marta töliq quvvatlangaç 500 km masofani ortda qoldira oladi. Avtomobil 8 soatda töliq quvvatlanadi.
Krossover konstruksiyasi batareyalarni quvvatlaş stansiyalarida 3 daqiqada almaştiriş imkonini beradi. Bundan taşqari ES8 Power Mobile firmasining xizmat körsatiş avtomobillari yordamida ham quvvatlana oladi.
Nio 2020 yilga kelib Xitoyda 1100 dan ortiq quvvatlaş stansiyasini barpo etişni hamda 1200 dan ortiq Power Mobile xizmat avtomobillarini kerakli uskunalar bilan jihozlaşni rejalaştirmoqda.
ES8 narxi 448 ming yuan (67,8 ming dollar) ekani aytilmoqda. Bunda Tesla Model X Xitoy bozorida 836 ming yuan (126,5 ming dollar) turadi.
Nio 2017 yil noyabrida 1 mlrd dollardan ortiq sarmoyani jalb qila oldi. Kompaniya bahosi 5 mlrd dollarga yetdi. Işlab çiqaruvçi olingan mablağlar hisobidan biznesini global miqyosga olib çiqişni rejalaştirmoqda.
Startap 2020 yili Amerika bozoriga Nio Eve muqobil elektromobilni yetkazib beradi.

















