Birlaşgan Arab Amirliklarida klublar örtasidagi jahon çempionati yakunlandi.
Finalda Braziliyaning «Gremio» klubi «Real Madrid» bilan bellaşdi. Öyin ispaniyaliklarning katta ustunligi ostida ötdi va 53-daqiqada Kriştianu Ronaldu tomonidan urilgan gol ularga ğalaba qozoniş uçun yetarli böldi.
Natijada, «Real» öz tarixida 6-marta klublar örtasida jahon çempioni böldi (1960, 1998, 2002, 2014, 2016, 2017).
KJÇ-2017. Final
Real (Madrid, Ispaniya) – Gremio (Braziliya) - 1:0
16 dekabr, «Şayx Zayd Sports Siti»
Gol: 1:0 – 53 Ronaldu.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modriç, Kazemiro, Isko (Vaskes, 73), Kroos, Ronaldu, Benzema (Beyl, 80).
Gremio – Groe, Kannemann, Jyeromel, Kortes, Jailson, Ramiro (Everton, 71), Mişel (Maykon, 84), Fernandino, Edilson, Luan, Barrios (Jael, 63).
Ogohlantiriş: Kazemiro (27).

















