SplashData tahlilçilari eng köp qöllanuvçi va demakki, eng kam darajada xavfsiz bölgan parollarning 2017 yilgi röyxatini tuzdi. Röyxatda bizga ançadan beri taniş bölgan “123456” va “password” parollari bilan bir qatorda “starwars” kabi yangi parollar paydo bölgan.  

Röyxat oxirgi 12 oy içida ma'lumotlar sizib çiqişi oqibatida oşkor bölgan 5 mln.dan köproq parolning tahlili natijalari asosida tuzilgan. 

“Agar “Yulduzlar janglari” filmi sizga juda yoqsa ham, bu parol sifatida “starwars” sözini işlatiş uçun asos bölmaydi”, deb aytgan SplashData boş direktori Morgan Sleyn. “Xakerlar foydalanuvçilarning qayd qiliş yozuvlarini buzib kiriş uçun sport va ommaviy madaniyatda uçraydigan atamalardan foydalanadilar, çunki ular köplab odamlar bu oson esda qoluvçi sözlarni işlatişlarini biladilar”, deb aytgan mutaxassis. 

Yodda tuting, xakerlar psixologiyadan yaxşi xabardorlar va oson topiluvçi parolni biroz özgartiriş uni işonçli qila olmaydi.

Quyida joriy yilning eng işonçsiz parollari öntaligi keltirilgan:

123456
password
12345678
qwerty
12345
123456789
letmein
1234567
football
iloveyou