AQŞning San-Frantsisko şahri ma'muriyati köçalarning avtonom robotlar tomondan patrul qilinişiga ruxsat bergandi. Biroq bu taşabbus fuqarolar tomondan tanqid qilinib, u tezda tugatilgan. Bu haqda The Guardian naşri xabar bermoqda.
Robotlar vazifasiga Microsoft kabi texnologik kompaniyalar kampuslari, stadion va parklarni daydilardan himoya qiliş uçun bu obektlarni közdan keçirib yuriş kirgan. Robot Knightscope kompaniyasi tomondan işlab çiqilgan.
Biroq ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari robotlarning tatbiq qilinişiga salbiy munosabat bildirişgan. “Kapitalizm: boşpanasizlarga uy berişning örniga, ularga “uyça” yasaşda xalaqit beruvçi robotlarni yaratişga katta pullar sarflanmoqda”, deb tanqidiy fikr bildirgan jurnalist Ben Norton.
Natijada mutasaddilar “robokop”larning xizmatlaridan foydalanmaslikka qaror qilişgan.

















