Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR biologik qurol bo‘yicha bayonot berdi
Foto: AP
KXDRning ma'lum qilishicha, biologik qurol zaxiralariga ega emas hamda tegishli izlanishlarni olib borayotgani yo‘q. Shu tariqa mamlakat AQShning milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi Strategiyasida tilga olingan ma'lumotlarni rad etdi. KXDR TIV huzuridagi Amerika tadqiqotlari instituti matbuot xizmati direktorining tegishli bayonoti Koreya Markaziy telegraf agentligi tomonidan chorshanba kuni tarqatildi.
"KXDR o‘zining doimiy pozitsiyasiga sodiq, biologik qurolni ishlab chiqish, chiqarish, zaxiralarini to‘plash va unga egalik qilishga qarshidir", - deyiladi bayonotda. Bundan tashqari, KXDRning iddao etishicha, AQSh OAV va rasmiy shaxslari atayin yolg‘on ma'lumotlarni tarqatmoqda.
"Bu bizning davlatni xalqaro darajada yakkalatib qo‘yish, shu tariqa KXDRga sanksiyalar va bosimni oqlashga bo‘lgan navbatdagi urinish. Shuningdek bu Koreya yarim orolida yadro urushini keltirib chiqarish va uni oqlash bo‘yicha xatti-harakatning bir ko‘rinishi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In otasining qabriga borgani va u yerda va'da bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:03 / 15.12.2025
Prokuror: Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi bo‘lgan
12:24 / 18.11.2025
KXDR: Seul uchun suvosti kemalari mintaqada "yadroviy domino"ni keltirib chiqaradi
18:21 / 10.11.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti KXDRga sheriklikda ayblandi
10:50 / 05.11.2025