Bugungi kunda mahalla noyob institut sifatida mavqei baland, nufuzli jamoat taşkiloti hisoblanadi. Binobarin, insonning yaxşi-yomon kuni mahalla bilan. Şu bois mahallaga rais saylanayotganda avvalo, uning halol, pok insonligi, katta hayotiy tajribaga ega ekanligi, turmuşning past-balandini tuşunib yetişiga e'tibor qaratiladi.
Buxoro viloyati Peşku tumani “Turkiston” mahallasi aholisi Begmurot Murotovga katta işonç bildirib, uni özlariga boş – mahallaga rais qilib saylaşdi. (Holbuki, “rais bobo” birinçi marta 1994 yilda, ikkinçi marta 2001 yilda jinoyat işlari böyiça Vobkent tuman sudining hukmiga köra jazoga tortilib, amnistiya aktiga köra jazodan ozod qilingan edi. Ammo, negadir mahalla raisiga tegişli ayni şu jihatga heç kim e'tibor qaratmadi).
Odamning qandayligini bilmoqçi bölsang, mansab berib kör, deyişadi keksalar. Begmurot Murotov ham mahallaga rais bölgaç, ança özgarib qoldi. Asosiysi, unga işi tuşib kelganlarga qonun talabi doirasida emas, özining nafsi doirasida talab qöya boşladi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
“Zakaş” qişloğilik Husen Jumayev uzoq öylab, istiholi masala bilan mahalla raisi eşigini qoqdi.
- Xöş-ş... Kelin samarqandlik, şundaymi? – söradi fuqaroning murojaatini tinglagan rais.
- Ha-ha, Samarqanddan.
- U kişi doimiy “uçyotda” turmasalar, bolangiz uçun nafaqa puli berolmaymiz.
Oradan qariyb bir yil ötgaç, rais aytganidek turmuş örtoğini röyxatga kiritgandan söng H.Jumayev 2 yoşgaça bola parvarişi uçun nafaqa berilişini iltimos qilib, yana murojaat qildi. Bu safar mahalla raisi dangaliga köçdi.
- Işingiz hal böladi. Faqat... faqat bitta “no”si bor! Oçiğini aytaman, nafaqa puli tayinlangaç, ikki oyligini berasiz.
- Böpti, kelişdik.
Uç kun deganda, fuqaroning murojaati hal etildi. Biroq, quruqqa emas, “quruği”ga!
- Işingiz bitdi. 200 ming söm pul olib keling, - M.Begmurotovning telefon göşagidan jaranglagan ovozida nafs ğalabasi, aqlning mağlubiyati sezilib turardi.
200 ming sömni pora sifatida sanab olayotganda qölga tuşgan rais bobo suvga tuşgan muşukdek munğayib qoldi. Puşaymonlik va nadomatdan boşi xam böldi. Unga işonç bildirgan xalqning, hamqişloqlarining işonçiga putur yetdi.
Jinoyat işlari böyiça Peşku tuman sudining hukmiga köra. M.Begmurotov 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
















