Alişer Usmonovning xayriya jamğarmasi Rossiyadagi "MISiS" Milliy tadqiqot texnologiyalar universiteti endaument-jamğarmasini 100 mln rublga töldiradi. Bu haqda oliy ta'lim muassasasi matbuot xizmati xabar bergan.

"Rossiyalik tadbirkor va fan hamda san'atga homiylik qiluvçi Alişer Usmonovning “San'at, ilm-fan va sport” xayriya jamğarmasi "MISiS" Milliy tadqiqot texnologiyalar universiteti manzilli kapitali (endaument-fond) jamğarmasiga 100 mln rubl miqdorida mablağ yönaltirmoqda", - deya ta'kidlab ötişgan matbuot xizmatidan. Natijada jamğarma kapitalining umumiy miqdori 230 mln rublga qadar oşadi, bu unga kapital hajmi böyiça Rossiya OTMlari endaumentlari top-10ligiga kiriş imkonini, "San'at, ilm-fan va sport" jamğarmasiga esa – mahalliy endaumentlar tarixida eng yirik xayriyaçiga aylaniş imkonini berdi, deya qöşimça qilib ötişgan OTMdan.

"Ta'lim va ilmiy tadqiqotlar sifati – mamlakatning buyuk kelajagi kafolati, - deya ma'lum qildi Alişer Usmonov. – Şuning uçun ilmiy-ta'lim loyihalari, ayniqsa menga toğ-metallurgiya kabi juda yaqin bölgan soha katta ahamiyatga ega. Men mamlakatning eng yaxşi texnik OTMlaridan biri bölgan "MISiS"ni rivojlantiriş böyiça katta rejalarni qöllab-quvvatlaşga tayyorman, hamda universitet endaumentiga yönaltirilgan mablağlarni Rossiya ilm-fani va ta'limining global raqobatbardoşligini oşirişga kiritilgan sarmoyalar sifatida köraman".