Özbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta'lim muassasalarida “Arab tili” fani böyiça pullik öquv kurslari böyiça taşkiliy işlar yakunlandi. Mazkur öquv kurslari 2018 yilning 2 yanvaridan boşlab öz faoliyatini boşlaydi, deb xabar qilmoqda Idora matbuot xizmati.
Öquv kurslarida tahsil oliş istagida bölgan tinglovçilarning hujjatlari 2017 yilning 25-27 dekabr kunlari soat 09:00 dan 17:00 gaça barça ta'lim muassasalarida qabul qilinadi.
Öquv kurslariga Özbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi qonuniga muvofiq 18 yoşga tölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari suhbat asosida qabul qilinadi.
Tinglovçilar diniy ta'lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- rektor nomiga ariza;
- soğligi haqida tibbiy ma'lumotnoma (U-086-şakl);
- pasport nusxasi (asli körsatiladi);
- 4 dona fotosurat (3,5 x 4,5 hajmdagi);
- yaşaş joyidan ma'lumotnoma;
Öquv kurslari böyiça qiziqtirgan savollar yuzasidan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiliş mumkin:
Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom instituti (+99871-227-23-47).
Mir Arab oliy madrasasi (Buxoro viloyati, +99894-604 45 97).
“Kökaldoş” örta maxsus islom bilim yurti (Toşkent şahri, +99871-242 10 82).
“Xadiçai Kubro” ayol-qizlar örta maxsus islom bilim yurti (Toşkent şahri, +99871-299 24 11).
“Xoja Buxoriy” örta maxsus islom bilim yurti (Qaşqadaryo viloyati, Kitob şahri, +99875-542 74 25).
“Mir Arab” örta maxsus islom bilim yurti (Buxoro viloyati, Buxoro şahri, +99895- 600 45 97).
“Jöybori Kalon” ayol-qizlar örta maxsus islom bilim yurti (Buxoro viloyati, Buxoro şahri, +99865-221 77 44).

















