Germaniya Kubogida çorak finalning barça iştirokçilari ma'lum böldi
|15:30 / 21.12.20179 4316 min
Germaniya Kubogining nimçorak finali öyinlari doirasida «Bavariya» Dortmundning «Borussiya» klubini mağlubiyatga uçratdi. Myunxendagi «Alyants-Arena» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyinning 12-daqiqasida Xames Rodrigesning standart vaziyatdan uzatgan töpga Niklas Zyule zarba berdi, darvoza tösinidan qaytgan töpga Jyerom Boateng birinçi bölib yetib keldi va boşi bilan Roman Byurkini doğda qoldirdi. Birinçi bölim oxirida Tomas Myuller öz vaqtida berilgan pas bilan Robert Levandovskini oldinga taşladi va hisob yana özgardi — 2:0.
77-daqiqada Andrey Yarmolenko bitta javob golini urdi. Muxlislar öyinda boşqa gol körişmadi.
Bu ğalabadan keyin «Bavariya» Germaniya kubogining 1/4 finaliga çiqdi, «Borussiya» turnirni tark etdi.
«Bayyer» Germaniya Kubogining 1/8 finalida Myonxengladbaxning «Borussiya» klubini mağlub etdi. «Borussiya-Park» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlar jamoasining 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyindagi yagona gol 70-daqiqada yamaykalik hujumçi Leon Beyli tomonidan urildi.
«Verder» ham «Frayburg»ni 3:2 hisobida yengdi va turnirning keyingi bosqiçiga çiqdi. Bremenliklar safida gollarga Isak Belfodil, Filipp Bargfrede va Florian Kaynts muallif böldi, mehmonlarning gollari Nils Petersen va Yorik Rave tomonidan urildi.
Frankfurtning «Ayntraxt» klubi esa «Haydenhaym» ustidan safarda ğalaba qozondi - 2:1 . Mehmonlarning ğalabasini Sebasten Allerning 109-daqiqada urgan goli ta'minladi.
Bungaça «Bavariya», «Maynts», «Paderborn», «Volfsburg» va «Şalke-04» jamoalari çorak final yöllanmasini qölga kiritişgandi.