Xotin-qizlar qömitasi huquqiy-me'yoriy hujjatlarni takomillaştiriş, oilaviy ajrimlarning oldini oliş maqsadida Oila kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasini Oliy Majlis palatasiga kiritdi. Xotin-qizlar qömitasi raisi örinbosari G. Ma'rufova KUN.UZ muxbiriga bergan intervyusida şu haqida ma'lum qildi. 

"Ajrim böyiça sudga ariza berilganda sud uç kun içida mahalla fuqarolar yiğiniga şu haqida ma'lumot berişi kerak, çunki u yerda yaraştiruv komissiyasi bor, kengaşlarimiz bor. Demak, öşa oilani saqlab qoliş, xabardorlikni oşiriş uçun şunday qilinişi kerak - ana şu masala kiritilyapti. 

Yana bir yangilik aliment undiriş böyiça ilgari jinoiy javobgarlik bor edi, hozir esa ma'muriy javobgarlik ham kiritilyapti. Bu yerda bola huquqlari inobatga olinyapti va nafaqat jinoiy javobgarlik, balki fuqarolik işi böyiça javobgarlikka tortilyapti. 

Har bir tuman miqyosida oğir şaroitda yaşayotgan, noçor, nogironligi bor, muddatni ötab kelgan - şunday toifadagi ayollar bilan alohida manzilli işlanmoqda. Bunday ayollarning röyxati tuzilib, birinçi navbatda, ularni iş bilan ta'minlaş çoralari köriladi. Ana şunday manzilli iş bilan ta'minlaş dasturlari butun respublikada har bir tumanda sektorlar miqyosida bölmoqda. 

Şunga doir takliflar Oliy Majlisga kiritildi va hozir ekspertizadan ötmoqda. 2018 yildan boşlab bularning joriy etilişi kutilmoqda. Ayni öşa noçor qatlamlar, qiynalayotgan ayollarni e'tiborga olyapmiz. 

Şuningdek, ayollar orasida huquqiy bilimlarni oşiriş masalasiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Şu huquqiy savodxonligi yöqligi tufayli ham bular notöğri yöllarga kirib ketmoqda. Köp jinoyatlarni tahlil qilganda, köriladiki, ayollar orasida firibgarlik va öğirlik jinoyatlari juda köp bölyapti. Bu ayollarning huquqni bilmasligi, iqtisodiy bilimlari pastligi natijasidir. 

Birinçi marta jinoyat sodir etganlar kafillik ostida (masalan, Xotin-qizlar qömitasi yoki Yoşlar ittifoqi kafilligi ostida) doimiy tarzda biriktirilgan taşkilotlar nazorati ostiga olinadi va bu jinoyatçilikning oldini olişda katta rol öynaydi. Şu bilan birga, ayollarga ham yengillik yaratadi", - deydi qömita vakili.