2012 yili amerikalik iqtisodçi, sarmoyador Uillyam Brauder taşabbusi bilan qabul qilingan xalqaro «Magnitskiy qonuni» (Sergey Magnitskiy nomidan olingan) hujjati 2016 yilga qadar, asosan, Rossiyada kuzatilgan inson huquqlarini çeklaş yoxud poymol etiş kabi jinoyatlarga qarşi kuraşişni nazarda tutgan. Biroq, sönggi ikki yil içida hujjat tamoyiliga asosan 13 nafar taniqli kişi hamda 39ta taşkilot «​inson huquqlarini poymol etiş va Korrupsiya jinoyatini sodir etiş»​da ayblangan.

AQŞ prezidenti Donald Tramp bugun, 21 dekabr kuni navbatdagi qarorni imzolab, AQŞ Moliya vazirligi hukumat kiritgan sanksiya röyxatida tilga olingan kişilarni e'lon qildi.

Unga köra, Özbekiston Respublikasi Birinçi prezidenti Islom Karimovning tönğiç qizi Gulnora Karimova ham mazkur röyxatga kiritilgan. AQŞ Moliya vazirligi saytida yozilişiça, «Gulnora Karimova biznes faoliyatini rivojlantiriş uçun davlat mulkini talon-taroj qilişda, kuçli uyuşgan jinoyatçilik guruhini boşqariş, bozor monopoliyasini yaratiş, poraxörlik va bosqinçilikda» ayblangan.

Eslatib ötamiz, Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudining 2015 yil 21 avgustdagi (!) hukmi bilan G.Karimova ayblanayotgan jinoyatlar — jumladan, 2 trln. 91,4 mlrd. sömlik soliqlarni tölaşdan böyin tovlaşni sodir etişda aybdor, deb topilgan va unga 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangandi.

Bundan taşqari, G.Karimovaga nisbatan uyuşgan jinoiy guruhga yana ayrim jinoyatlarni sodir etişga kömaklaşiş holatlari böyiça alohida iş yurituvga ajratilgan jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Ya'ni, bu hali uşbu jinoyat işi uçun alohida sud bölişi va yana jazo qöllanilişi mumkinligini anglatadi.

Boş prokuratura xabariga köra, uşbu holatlar böyiça G.Karimovaga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168, 178, 182, 189, 228 va 243 moddalari bilan ayblov e'lon qilingan va unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Qayd etilgan 2 ta jinoyat işi böyiça davlat va fuqarolar manfaatlariga yetkazilgan zararning umumiy summasi 1 trln. 270 mlrd. 200 mln. söm, 1 mlrd. 651,8 mln. AQŞ dollari, 26,1 mln. yevro — milliy valyutada jami 3 trln. 746,8 mln. sömni taşkil etadi.