KUN.UZ tahririyatiga navbatdagi murojaat kelib tuşdi. Aslida, elektron poçtamiz orqali har kuni köplab maktublar olamiz. Ularning aksariyatida turli xil muammolar kötarib çiqilgan böladi. Ammo quyidagi murojaat bir kişi emas, balki butun mahalla nomidan yozilgani e'tiborimizni öziga tortdi.

“Assalomu alaykum. Biz Andijon viloyati, Xöjaobod tuman, “Sarqamiş” MFYning Raiş böyi köçasida yaşovçi fuqarolar KUN.UZ saytiga yozib, murojaat qilişimizga quyidagilar sabab böldi.  

Mustaqilligimizning ötgan yillari mobaynida viloyatimizda, şu jumladan, bizning Xöjaobod tumanida ham havas qilguday juda köp bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari amalga oşirildi.

Bu işlarni va özgarişlarni körib, biz şu zaminda yaşab kelayotganimizdan faxrlanamiz va yurtboşimizdek xalq farovonligi yölida keçayu-kunduz qayğurib, xizmat qilib kelayotgan insondan çeksiz minnatdormiz.

Şuningdek, yurtimizda yoşlarga yaratilayotgan şaroitlar ham xoh ilm sohasida yoki sportda bölsin, insonning havasini keltiradi.

Şu ğamxörlikka javoban yoşlarimiz ham labbay deb javob berib, dunyo miqyosida öz iste'dodlarini körsatib, nufuzli örinlarni egallab, mamlakatimiz şa'nini yuksaklarga kötarmoqdalar.

Bundan qalblarimiz quvonçlarga töladi va, albatta, bizning öğil-qizlarimiz, nabiralarimiz ham yaxşi bilim olişlarini, buning uçun esa bizning farzandlar xam şahar yoşlari kabi innovatsion texnikalardan va boşqa bilim qurollaridan foydalanişlarini juda ham istaymiz.

Lekin bizning farzandlar ham şunday şaroitda bilim olişlari va sport bilan şuğullanişlari uçun ayrim çeklovlar mavjud.

Buni açiniş bilan KUN.UZ saytiga yozib ma'lum qilişimizdan sabab, mahallamizga tabiiy gaz quvurlari keltirilgan bölsa-da, lekin bizning köçaga gaz yetib kelmagan. Natijada, öttizdan ortiq xonadon aholisi tabiiy gazga ehtiyoj sezib yaşab kelmoqdalar.

Bugungi izğirin sovuq kunlarda farzandlarimiz issiq xonalarda darslarini tayyorlab, öz ustilarida işlaş örniga, taşqaridan ötin va boşqa yonilği topib keliş, ötin yoriş, peçkaga öt qöyiş, uyni isitiş bilan vaqtlarini ötkazmoqdalar. Vaholanki, bizning köçadan 30 metr narida gaz quvuri ötgan bölib, bizning xonadonlarni ham şu gaz quvuriga ulaş bilan barça muammolarimizni hal qiliş mumkin.

Şuningdek, bizning hududga elektr energiyasi ta'minoti ham juda çeklangan. Bu masalada mahalla fuqarolar yiğiniga hamda tuman hokimligiga murojaat qilgan bölsak-da, heç qanday yordam körsatilgani yöq.