Jamiyat | 13:12 / 25.12.2017
18210
2 daqiqa o‘qiladi

Korxona rahbari shartnomada ko‘rsatilgan choraklik mukofot pullarini bekor qilishi mumkinmi?

Foto: KUN.UZ

SAVOL: Korxonamizning yangi rahbari jamoa shartnomasida nazarda tutilgan, har chorakda beriladagan mukofot pulini mazkur to‘lov Mehnat kodeksida majburiy to‘lov sifatida nazarda tutilmaganligini ko‘rsatib, bir taraflama bekor qildi. Direktorning xatti-harakatlari qonuniymi?

B.Jahongirov

JAVOB: Direktorning xatti-harakatlari noqonuniy bo‘lib, ushbu holatda u mehnat qonunchiligini buzgan hisoblanadi. Mehnat kodeksining 4-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, qonunlardagiga nisbatan qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan, shartnoma yo‘sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek, xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin. Shu bilan birga, mazkur moddaning uchinchi qismiga muvofiq, mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning shartlari, agar qonunda boshqa holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bir taraflama o‘zgartirilishi mumkin emas.

Savolga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuridik xizmati rahbari Davlatnazar Matrasulov javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid