Özbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan belgilangan milliy çempionatda iştirok etuvçi klub futbolçilarning jismoniy tayyorgarlik böyiça test-sinovlari normativlaridan ikkitasini heç bir futbolçi bajara olmayapti. Bu haqda ÖFF rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaga köra, 30 metrga yuguriş va uzunlikka sakraş böyiça hozirça test topşirgan 5ta klubning heç qaysi futbolçisi belgilangan normativlardan öta olmagan.

Ma'lumot uçun, şu kunga qadar ÖFF tomonidan tasdiqlangan reja asosida «Olmaliq», «Maş'al», «Navbahor», «Qöqon-1912», «Tsementçi» klublari futbolçilari normativlarni topşirişdi. Normativlar 4ta bosqiçdan iborat. 

1. 30 metrga yuguriş
2. Turgan joyidan uzunlikka sakraş
3. 7x50 metrga yuguriş
4. «Yo-Yo» test

Eslatib ötamiz, ÖFF bu çora-tadbirlar Superliga klublarida iştirok etadigan futbolçilarning jismoniy holatini nazorat qiliş, terma jamoalarimiz uçun munosib nomzodlarni yetkaziş maqsadida amalga oşirilmoqda.

Xöş, milliy çempionatimizda iştirok etuvçi klublar futbolçilarining normativlar topşiriş böyiça natijalari qanday?

E'tiboringizga raqamlarni keltirib ötamiz. 

7x50 metrga yuguriş va «Yo-Yo» test böyiça natijalar quyidagiça:


«Yo-Yo» test (Signal  böyiça fişkalar orasida 20 m masofaga yuguriş)


Normativlar topşira olmagan futbolçilarga milliy çempionat boşlangunga qadar muhlat beriladi. Ular klub boş murabbiyi belgilab bergan dastur orqali öz ustilarida işlaşlari kerak.

Superliga boşlanişidan avval klub futbolçilaridan yana bir bor normativlar qabul qilinadi. Sinovlardan öta olmagan futbolçilar çempionatda iştirok eta olişmaydi.