2021 yil 1 avgustdan boşlab Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş tizimi joriy etiladi va quyidagilar uning asosiy maqsadi etib belgilandi:
- aholining barça qatlamlari örtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalaştiriş orqali jismoniy qobiliyat va harakat faolligini takomillaştiriş hamda zararli odatlar va turli kasalliklarning oldini oliş, şuningdek, soğlom turmuş tarzi könikmalarini şakllantiriş va jismoniy tayyorgarlik darajasini oşiriş;
- yoşlarda iroda, öz kuçi va imkoniyatlariga işonç kabi fazilatlarni mustahkamlaş, ularda jasorat, vatanparvarlik va sadoqat xislatlarini rivojlantiriş, yurtimiz şarafini himoya qila oladigan, jismonan baquvvat va intellektual salohiyatli Vatan mudofaasiga munosib zaxira kadrlarni tayyorlaş;
- respublika hududida, şu jumladan olis hududlarda joylaşgan qişloqlar, ovullar, mahallalarda aholini soğlomlaştiriş işlarini yanada rivojlantiriş;
- aholi jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaşning xalqaro standartlari va ilğor xorijiy tajribasini tatbiq etiş.
Belgilab qöyilişiça:
- baholaş tizimi böyiça sport sinovlari maxsus va ixtiyoriy ravişda aholining yetti yoşdan yetmiş yoşgaça bölgan qatlami va undan kattalarning jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi;
- sport sinovlari poğona va murakkablik darajasidan kelib çiqib, 15 turdagi, şu jumladan uzoq va qisqa masofalarga yuguriş hamda suziş, turnikda tortiliş, anjomlarni uloqtiriş va boşqa maşqlardan iborat böladi;
- sport sinovlari iştirokçilariga 11 ta yoş toifasi böyiça egallagan örni va darajasiga qarab sport razryadlari va unvonlari beriladi hamda ular moddiy va boşqa sovğalar bilan rağbatlantiriladi;
- Turizm va sport vazirligi sport sinovlari tadbirlari ötkazilişining taşkilotçisi hisoblanadi.
- Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasiga:
- mehnat jamoalarida xodimlarning jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişi uçun zarur şaroitlar yaratiş çoralarini köriş;
- sport sinovlarini muvaffaqiyatli topşirgan davlat organlari va taşkilotlari xodimlariga har yili bir marotaba dam oliş maskanlari yoki sanatoriylarga imtiyozli yöllanmalar beriş tartibini joriy etiş tavsiya etildi.
Turizm va sport vazirligining sport sinovlarini muvaffaqiyatli topşirgan şaxslar uçun “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” kökrak nişonini ta'sis etiş töğrisidagi taklifi ma'qullandi. Bunda, sport sinovlarining maxsus talablarini bajargan ğoliblar I, II, va III darajali kökrak nişonlari bilan taqdirlanadi.

















