Qaşqadaryo viloyatidan Toşkent şahriga yetkazib berilayotgan sifatsiz göşt mahsulotlari kanali aniqlangan. Dastlabki tergov-suriştiruv natijalariga köra, uyuşgan jinoiy guruh rahbari — 1977 yili Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan, H.B. 10 yillardan buyon şu noqonuniy faoliyat bilan şuğullanib kelgan. Garçi sifatsiz göşt mahsulotini iste'mol qilgan kişilar hayoti xavf ostida qolişini bilsa-da, jinoiy guruh a'zolari öz harakatini davom ettiravergan.

Uyuşgan jinoiy guruhning faoliyatiga Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamenti hamda Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan nuqta qöyilgan.

Uyuşgan jinoiy guruh a'zolari mahalliy veterinar, qassob hamda dallollar orqali ölişi aniq bölgan kasal çorvalar va harom ölib qolgan mollar töğrisida ma'lumot töplaşgan. Ana şunday har bir yetkazilgan xabar uçun 15 ming sömdan 50 ming sömgaça pul tölangan.

Sifatsiz göşt mahsulotiga Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumani veterinariya bölimi xodimlari B.E. va N.S. tomonidan arzimagan 10–15 ming söm evaziga soxta ma'lumotnoma tayyorlab berilgan.

Guruh a'zolari har oyda kilosi 10–15 ming söm qiymatidagi örtaça 25–30 tonna sifatsiz göşt mahsulotlarini Toşkent şahriga yetkazib kelişgan. Toşkentga keltirilişi nazarda tutilgan göştlarga, avval, Zangiota tumanida taşkil etilgan yaşirin sexda kimyoviy işlov berilgan. Kimyoviy tozalaş va çiroy berilgan göşt bozorlar rastalariga kilosining narxi 25–30 ming sömdan çiqarilgan.

Milliy xavfsizlik xizmati tezkor-qidiruv va tergov guruhi xodimlari tomonidan aniqlangan holatga köra, uyuşgan jinoiy guruhning 16 nafar a'zosi qölga olinib, Toşkent şahar IIBB huzuridagi reabilitatsiya markaziga keltirilgan.

Aniqlanişiça, jinoiy guruh yetkazib bergan göştlar Toşkent şahrining Olmazor, Yunusobod, Yaşnobod, Şayhontohur tumanlarida faoliyat yuritadigan ayrim savdo markazlarida, jumladan, «Eski Jöva» dehqon bozori, «Asl sifatli ta'm» MÇJ, YaTT «Möminov Xusan Xursanjonoviç»ga qaraşli somsaxona, yakka tartibdagi tadbirkorlar «Fayziyev F.Z.»​, «​Kasimov G.G.»​ va boşqalarga tegişli qassobxonalarda sotuvga çiqarilgan. Şuningdek, Toşkent viloyati Zangiota va Olmaliq tumanida ham şunday vaziyat kuzatilgan.

Ma'lum qilinişiça, guruh rahbari H.B. orttirgan noqonuniy daromadi ortidan özining hamda yaqin qarindoşlarining nomiga 4 ta avtomaşina, Toşkent va Qaşqadaryo viloyatida uy, restoranlarni rasmiylaştirgan.

Ayni paytda uyuşgan jinoiy guruhga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan, tergov jarayoni davom etmoqda.