Toşkent şahri, Olmazor tumanida joylaşgan «Şarşara» brendi ostida göşt mahsulotlarini işlab çiqaruvçi Gold Premium Product MÇJga tegişli korxona közdan keçirilganda, 69,6 kg. eşak göşti boşqa göşt turlariga qöşib yuborilgani aniqlandi. Bu haqda işonçli ma'lumotga tayangan holda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Ma'lum bölişiça, Xorazm viloyatida istiqomat qiluvçi fuqaro Ş.R. hamda Ğ.A. rejasini amalga oşiriş uçun xorazmlik S.J. orqali 69,6 kg. miqdoridagi eşak göştini «Şarşara» göşt işlab çiqariş korxonasiga ötkazmoqçi bölgan. Bu işni bajariş uçun göşt A.A.ga yetkazib berilgan. Mazkur göştni qabul qilib olgan sex işçilari uni öşa zahotiyoq boşqa turdagi göştlarga qöşib yuboradi.

Tadbir davomida sex közdan keçirilganda, körinişi va hididan sifatsiz mahsulotga aylangan 275 kg. göşt mahsuloti aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.

Özbekiston Respublikasi Sanitar epidemiologiya nazorat markazi axborot xizmatining Kun.uz'ga xabar qilişiça, korxonadan olib qöyilgan 275 kg. göşt haqiqatan iste'molga yaroqsiz ekani ekspertiza xulosasi orqali tasdiqlandi.

Mazkur iş yuzasidan sex işçilari R.Ğ., N.Z., fuqaro A.A va S.J. Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 186-moddasi 1-qismi, ya'ni «iste'molçilarning hayoti yoki soğliği xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni ötkaziş maqsadini közlab işlab çiqariş, saqlaş, taşiş yoxud ötkaziş, işlar bajariş yoki xizmatlar körsatiş»da ayblanib, ularga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan.