24 dekabr kuni Toşkent şahrida​ ötkazilgan Xalq deputatlari tuman Kengaşlari a'zolarini saylaş jarayonida yöl qöyilgan xatolar haqida «​Saylovdagi közböyamaçilik: kimga ovoz berilişi oldindan ma'lum!»​ nomli maqolasida söz yuritilgandi. Uçtepa tuman saylov komissiyasining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, haqiqatan, 10-Zakovat saylov okrugiga qaraşli 24-saylov uçastkasida ayrim saylovçilarning oilaviy ovoz beriş jarayonlari aniqlangan.

«24-saylov uçastkasida ayrim saylovçilar tomonidan oilaviy ovoz beriş​ holatlari kuzatilgan. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga saylov töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining​ 41-moddasiga muvofiq, «​Saylov çoğida yöl qöyilib, oqibat natijada ovoz beriş yakunlariga ta'sir qilgan qoidabuzarlik tufayli saylov umuman viloyat, tuman, şahar böyiça yoki ayrim saylov okruglari, yoxud ayrim saylov uçastkalari böyiça ötmagan deb topilişi mumkin»​. ​Saylov uçastkasida yozib olingan video lavhalar tahlil etilib, haqiqatan oilaviy ovoz beriş holati oz sonli saylovçilarda kuzatilgani sababli, ovoz beriş jarayonining yakuniy natijasiga ta'sir qilmagani örganib çiqildi», deydi Uçtepa tuman saylov komissiyasi raisi Ğ. Raximov.

Ma'lum qilinişiça, majlisda 10-Zakovat saylov okrugiga qaraşli 24-saylov uçastkasida yöl qöyilgan xatolar alohida ta'kidlanib, uşbu saylov uçastkasi a'zolari tegişli tartibda ogohlantirilgan.

Uşbu holat yuzasidan tumandagi boşqa uçastka saylov komissiyalari faoliyati ham örganib çiqilgan. Şuningdek, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga saylov töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 42-moddasiga binoan, tumandagi 18ta saylov okrugida kelgusi ikki haftada takroriy ovoz beriş ötkazilişi belgilangan. Takroriy ovoz beriş jarayonini ötkazişda qayd etilgan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan barça uçastka saylov komissiya a'zolariga tegişli tavsiyalar berilgan.