"Uyda yolğiz" filmining ikkinçi qismi suratga olingan Nyu-Yorkdagi Plaza Hotel mehmonxonasi mehmonlarga bir kun kinolenta boş qahramoni kabi yaşaş xizmatini taklif qilmoqda. "Kevin kabi yaşa" xizmatlari maşhur filmning 25 yilligi munosabati bilan yölga qöyilgan. Boston 25 News şu haqida ma'lum qildi.
Albatta, aktyor Tim Karri sizlarni konserj rolida qarşi olmaydi, Donald Tramp ham hollda sizga yöl körsatiş uçun haddan taşqari band, biroq mehmonxona rahbariyati haqiqiy bayramona kayfiyatni va'da qilmoqda.
Özini Kevin Makkalisterdek his qilişni istagan har qanday mehmonga 895 dollar evaziga komediya disklari töplami, 1992 yilgi restoran menyusi - öşa paytlardagi bolalarning sevimli taomlari, esdalik suvenirlari, şuningdek, fotokabinada suratga tuşiş hamda nomerda katta muzqaymoq yeyiş imkoni taqdim etiladi - barçasi filmdagi kadrlarni yodga soladi.
Qöşimça tölov uçun Empire State Building osmonöpar binosining kuzatuv maydoniga kötariliş, Kevinning yönalişi böylab limuzinda sayohatga buyurtma beriş va Wollman Rink muz saroyiga boriş ham mumkin.

















