AQShning Anqaradagi elchixonasi Turkiya fuqarolari uchun noimmigratsion vizalarni berishga cheklovni bekor qildi, deb xabar bermoqda NTV telekanali. 

Ta'kidlanishicha, Turkiya va AQSh o‘rtasidagi viza inqirozi hal qilindi.

6 noyabrda Turkiya AQSh fuqarolariga “cheklangan miqdorda” vizalar berishni tiklagandi.

8 oktabrda AQShning Turkiyadagi elchixonasi AQShning Istanbuldagi bosh konsulligi xodimi Metin Topuz hibsga olingandan keyin turk fuqarolariga noimmigratsion vizalar berishni  to‘xtatgandi.

Bunga javoban Turkiyaning AQShdagi elchixonasi ham xuddi shunday chora qo‘llagandi.