10:30 / 29.12.2017
6738

Statistika: «Sauthempton» futbolchilar fabrikasi, «Liverpul» asosiy xaridor

«Sauthempton» oxirgi 10 yilda futbolchilari transferidan jami 300 million funt ishlagan.

28 dekabr kuni «avliyolar» jamoasi yana bir yetakchi futbolchisi Virjiyl van Deykni 75 mln funt evaziga «Liverpul»ga pulladi. Bungacha xuddi shu yo‘nalishda Nataniel Klayn (12,5 mln funt), Deyan Lovren (20 mln), Adam Lallana (25 mln) va Sado Mane (34 mln) ham Liverpulga transfer qilingandi.

Shuningdek, «Sauthempton» futbolchilari «Tottenhem»da ham xaridor. O‘z vaqtida londonliklar klubi Garet Beyl (10 mln), Tobi Alderveyreld (11,5 mln), Viktor Vanyamu (11 mln) va Paulo Gassanigani (1 mln) xarid qilishgan.

«Manchester Yunayted» «Sauthempton»dan 25 mln funt evaziga Lyuk Shouni va 24 mln funt evaziga Morgan Shnayderlinni sotib olishgan.

«Arsenal» bu jamoaga 3 futbolchi uchun jami 43 mln yevro to‘lagan Teo Uolkott, Aleks Oksleyd-Chemberlen va Kelum Chembers ham Londonga «Sauthempton»dan kelgan.

Oxirgi 10 yil ichida «Sauthempton» jami bo‘lib 14 futbolchi sotgan va 300 million funt ishlagan. Bu mablag‘ning teng yarmi «Liverpul» tomonidan to‘langan.

Foto: Shutterstock
Mavzuga oid
Top