Özbekistonning professional futbol klublari örtasidagi 2018 yil uçun futbol böyiça musobaqalar reglamenti tasdiqlandi.

PFL sayti xabariga köra, undan ÖFF hamda PFL bayroği ostida ötadigan musobaqalar tuzilişi, formati, qatnaşuvçi klublarga qöyiladigan talablar örin olgan.

Mana şu talablar haqida Özbekiston Professional futbol ligasi boş direktor Omon Ğofurov öz fikrlarini bildirib ötdi.

«Superligada iştirok etadigan klublar endilikda ayollar va futzal jamoasiga ega bölişi şart. Şuningdek, klublar qoşida öz akademiyasi ham mavjud bölişi kerak. Bunday talablar öz-özidan kelib çiqqani yöq. Biz FIFA hamda OFK reglamentini yaxşilab örganib çiqdik. 

Milliy çempionatimiz formati 16ta klubdan 12ta klubga özgartirildi. Endilikda Superliga jamoalari ikki bosqiçda, dastlab ikki davradan iborat uy-safar tizimida bahs olib borişadi. Ikkinçi bosqiçda esa, jamoalar öz örinlaridan kelib çiqib, 1-6 örinlardagi jamoalar hamda 7-12-örinlardagi jamoalar yana ikkita guruhga bölinadilar va uy-safar tizimida maydonga tuşadilar.

Bunda «oltin oçko» qoidasi amal qiladi. Ya'ni 1-6 örinlarni egallagan jamoalarning 7-12 örinlardagi jamoalar bilan ötkazgan uçraşuvlaridagi barça natijalar çiqarib taşlanadi. 1-6 gaça bölgan jamoalar örtasidagi öyinlar oçkolari saqlab qolinadi. Şuningdek, 7-12 örinlardagi jamoalar oçkolari ham xuddi şunday tarzda hisoblanadi.

Pro-ligada 1-örinni egallagan jamoa Superligaga töğridan töğri yöl oladi. Superligada 12-örinni olgan jamoa Pro-ligaga tuşib ketadi. Pro-ligadagi 2 va 3- örin egalari Superliganing 10 va 11-örinlardagi jamoalari bilan ötiş bahslarida iştirok etişadi.

Şuningdek, Superliga klublarining yoşlar jamoalari U-14, U-16, U-18 yoşgaça futbolçilar örtasidagi mamlakat birinçiligida iştirok etadi. PRO-liga yoşlar jamoalari esa U-14 va U-16 toifalarida özaro bahs yuritişadi» - dedi Omon Ğofurov.