08:26 / 31.12.2017
7325

Shotlandiya chempionatida fanatlar bir-birlari bilan “qor jangi” uyushtirishdi (video)

Shotlandiyaning ikkinchi ligasi – chempionshipda raqib jamoalar muxlislari o‘rtasida ehtimol “tarixdagi eng beozor olishuv” yuz berdi.

“Sent-Mirren” va “Dandi Yunayted” klublari o‘rtasidagi uchrashuvda ikki jamoa muxlislari bir-birlariga qor otishga qaror qilishdi.

“Sent-Mirren”ning uy maydoni “Peysli 2021 Stedium”da mezbon va mehmon jamoalar muxlislari joylashgan tribunalar bir-biridan ancha uzoq bo‘lgani sababli, raqiblar bir-birlariga adovatni musht bilan emas, balki qor otish bilan namoyish qilishdi va bir-birlariga qorlar uloqtira boshlashdi.

Bu olishuvda kim g‘olib bo‘lgani noma'lum, biroq maydonda mezbon jamoa 2:0 hisobida g‘olib bo‘ldi.

“Sent-Mirren” 41 ochko bilan, “Dandi Yunayted” 36 ochko bilan chempionshipning 1- va 2-o‘rinlarini egallamoqda. Chempionship g‘olibi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Premer-ligaga yo‘llanma oladi, 2-o‘rinni egallagan jamoa pley-off o‘yinlarida ishtirok etadi.

Mavzuga oid
Top