Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilgi yozgi olimpiadada yuzni tanib olish tizimidan foydalaniladi
Tokioda 2020 yilda tashkillashtiriladigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari yuzni tanib olish texnologiyalarini sinash uchun eng ulkan maydonlardan biri bo‘ladi. Biometrik ma'lumotlardan sportchilar, jurnalistlar va rasmiy kishilarni identifikatsiya qilish uchun foydalaniladi. Tashkilotchilarning umid qilishicha, bu texnologiya tekshiruv jarayonini tezlashtirib, navbatlarni qisqartiradi, deb yozadi Japan Times.
Barcha sportchilar, jurnalistlar va rasmiy shaxslarga o‘z fotosuratlari tushirilgan ID-kartalar beriladi va ma'lumotlar bazaga kiritiladi. Hududlarga kirishda dastur insonning yuzini bazaga kiritilgan fotosurat bilan taqqoslab tekshiradi.
Ushbu tizim sharofati bilan qatnashuvchilar o‘z kartasini o‘zga shaxslarga bera olishmaydi. Shuningdek, hech kim o‘g‘irlangan yoki topib olingan ID-kartadan ham foydalana olmaydi. Tashkilotchilar bu chora 2020 yilgi olimpiya o‘yinlarida terrorchilik aktlari tahdidining oldini olishga va navbatlarda o‘tadigan vaqtlarning qisqarishiga olib keladi, deb ishonishmoqda.
Tomoshabinlar biometrik identifikatsiyadan o‘tkazilmaydi. Ular odatdagidek, chiptasi va shaxsiy buyumlarini ko‘rsatib o‘tishadi. Tashkiliy qo‘mita jami bo‘lib 300–400 mingta ID-karta berishni mo‘ljallamoqda. Shunday qilib, Tokiodagi olimpiada yuzni tanib olish texnologiyasini sinovdan o‘tkazish uchun eng yirik maydon bo‘lishi kutilmoqda.
Tizimni Yaponiyaning NEC kompaniyasi ishlab chiqmoqda. Uning texnologiyalari bozordagi eng aniqlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, NEC tizimlari insonni hattoki plastik operatsiyalardan so‘ng ham tanib olish imkonini beradi, shuningdek ular bir tuxum hujayradan tug‘ilgan egizaklarni ham farqlay oladi.
Yuzni tanib olish texnologiyasi Tokioda o‘tadigan olimpiya o‘yinlarida foydalaniladigan yagona innovatsion texnologiya bo‘lmaydi. Yaponiya tashrifchilarni uchuvchisiz apparatlar, dronlar va vodorod yoqilg‘isidan foydalanuvchi transportida tashish, teletranslyatsiyalarni 8K formatda tarqatish, mehmonlarga golografik stendlar yordamida ma'lumotlar berishni yo‘lga qo‘yish taraddudida.
Mavzuga oid
19:42 / 02.12.2025
Jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi belgilandi
18:40 / 07.08.2025
Hayvonlarni majburiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonun bir yildan keyin kuchga kiradi
18:52 / 06.08.2025
It, mushuk, qoramol va boshqa hayvonlarni ro‘yxatga olish talablari belgilandi
12:23 / 28.05.2025