Buyuk Britaniyaning Compass Group keytering kompaniyasi ijroçi direktori Riçard Kazins va uning yaqinlari Avstraliyada röy bergan aviahalokat qurbonlari bölişdi. 

Avvalroq, bir motorli DHC-2 Beaver samolyoti Hoksberi daryosiga qulagani haqida xabarlar paydo bölgan edi. Halokat oqibatida uning bortidagi 5 yölovçi va uçuvçi tirik qolmagan. 

"Riçard Kazins va uning 4 nafar yaqin qarindoşi 2017 yil 31 dekabr kuni Avstraliyada samolyotning halokatga uçraşi oqibatida hayotdan köz yumganlarini çuqur qayğu bilan tasdiqlaymiz", — deyiladi kompaniya bayonotida. 

Compass Group — Jahondagi korporativ ovqatlaniş sohasidagi eng yirik kompaniya hisoblanadi. U dunyoning 50 mamlakatida faoliyat yuritib, idoralar va zavodlar, maktablar va universitetlar, şifoxonalar, qamoqxonalar, sport inşootlari va neft platformalariga taom yetkaziş bilan şuğullanadi. Kompaniya yiliga 4 mlrdga yaqin kişiga xizmat körsatadi.