Ibrat va örnak. Garçi bu sözlar mohiyatan bir xil ma'no bergani bilan, ikkisining orasida nozik farq bor. Ya'ni odam bolasi yaxşilikdan örnak oladi, yomon hodisa va odatdan esa ibrat olişi tayin. Kun.uz tahririyatiga yetib kelgan navbatdagi murojaat öquvçining yuragini larzaga keltirsa kerak, bu ibratmi yoki örnak?!
Gap şundaki, unda qişloq aholisi xonadonga tabiiy gaz, uzluksiz elektr energiyasi yoki toza içimlik suvi yetib kelmaganidan şikoyat qilmagan. Barçasini bir boşdan muxtasar aytaylik.
Surxondaryo viloyati Şerobod tumanining bir qismida Köhitang toğ tizmasi yastanib turadi. Gözal manzara aks etgan toğlar orasiga kirib borsangiz, köz oldingizda Zaraboğ va Paşxörd botiqlari paydo böladi. Balki bu nomlarga tarix kitoblarida közingiz tuşgandir, balki uning buyuk ötmişidan xabaringiz bordir, ammo uning bugungi ahvoli açinarli holatda ekani heç kimni qiziqtirmay qöygan!
Ma'lum qilinişiça, 825ta oila yoxud 3118 nafar kişi istiqomat qilib kelayotgan «Uçyoğoç» MFYda na tabiiy gaz, na toza içimlik suvi bor. Uzluksiz elektr energiyasidan daraklar onda-sonda kelib qoladi. Qişloq aholisi esa bor-yöği suyultirilgan gaz ballonlari quvvatiga kun keçirişga majbur. Şu bilan ovqat pişadi, qişning sovuq kunlari ötadi, şaxsiy ehtiyoj uçun.. qöyingki, gaz balloni qişloqda mavjud hayotning birdan-bir manbai hisoblanadi. Kişilar bu hayotdan norozimi? Aslo, ularni qiynagan masala, vaqtida yetkazib berilmayotgan suyultirilgan gaz ballonlaridir.
Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan bir guruh qişloq faollarining ta'kidlaşiça, Paşxördga gaz balloni ikki yarim oyda (!) bir marta keladi. Vaholanki, ana şu ballonlar ham qişloqning barça a'zolariga yetib bormaydi. Muammo nimada?
Tartib va taomil şu - kimning balloni köp bölsa, öşa yutadi.

Aniqlanişiça, mahallada yaşovçi bir qança «hurmatli» xonadon egalari 8tagaça gaz balloni bilan ta'minlangan, «quyi tabaqa vakillari» esa 2tasiga qanoat qiladi. Tabiiyki, köproq gaz ballonlariga ega fuqaro birdaniga şunça ballonga ehtiyoj his etadi, ya'ni böşab qolgan 8tani keltirilgan 8tasiga almaştiradi. Iye, adolat qani, dersiz? Adolat qattiq uyquda xurrak otib turgan paytda, gaz ta'minotçisining bu bilan nima işi bor?! U ham naqdidan, ham vaqtidan yutiş uçun ajoyib, ayni vaqtda oddiy sxemani işga tuşirdi.

















