Isroil parlamenti Knesset tomonidan yagona Quds haqidagi qonunning qabul qilinişi bu — falastinliklarga qarşi uruş e'lon qilişdir. WAFA agentligi Falastin milliy ma'muriyati (FMM) rahbariyatining rasmiy vakili Nabil Abu Rudayna şunday fikr bildirganini ma'lum qilmoqda, deb yozadi TASS.

«Yagona Quds haqidagi qonunga ovoz beriş Falastin xalqiga, uning siyosiy va diniy birligiga qarşi uruş e'lon qilişni bildiradi», — degan Abu Rudayna. Uning sözlariga köra, Isroil şu yöl bilan «tinçlik jarayoniga nuqta qöyilganini rasman e'lon qilib, amalda diktatorlik siyosatini boşlamoqda».

Bir muddat avval Isroil parlamenti yakuniy öqişda yagona Quds haqidagi qonunni qabul qildi va unga köra Tel-Aviv tomonidan «yagona va bölinmas poytaxt» deb ataluvçi bu şaharning har qanday qismini berib yuboriş Knessetning (avvalgi 61 örniga) kamida 80 nafar deputati roziligi bilan amalga oşirilişini belgilab qöydi. Öz navbatida falastinliklar şaharning şarqiy qismini öz davlati poytaxti qilişni istaşmoqda.

Falastinning ikki yirik franktsiyasidan biri — HAMAS harakati Knessetning qaroriga javoban Isroilga nisbatan bosib olingan hududlar — Ördun daryosining ğarbiy sohili va Ğazo bölgasida qarşilikni kuçaytirişga çaqirdi. HAMAS rahbariyati Isroil tomonining bunday xatti-harakatlari Falastin prezidenti Mahmud Abbosni Tel-Aviv bilan xavfsizlik sohasida har qanday aloqalarni bas qilib, Oslo bitimlariga amal qiliş tugaganligini e'lon qilişga undaşi kerak, deb hisoblamoqda.

1990 yillar boşida Norvegiya poytaxti Oslo şahrida imzolangan bitimga köra, Isroil Falastin ozodlik taşkilotini Falastin xalqining qonuniy vakili sifatida tan oladi va FOTning bosib olingan hududlarda faoliyat körsatişiga rozilik beradi. Öşa bitimga köra, falastinliklar Isroilning tinçlik va xavfsizlikda mavjud böliş huquqini tan olib, terrorizmdan voz keçiş hamda ikkitomonlama mojarolarni tinç yöl bilan hal qiliş majburiyatini öz gardaniga olişgan.