Teatr va kino aktyori, Özbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov bugun, 3 yanvar kuni 80 yoşga töldi.

Maşhur san'atkor 1938 yilning 3 yanvar kuni Namanganda tavallud topgan. Toşkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgandan söng, 1958 yildan beri Hamza nomidagi Özbek Davlat akademik drama teatri aktyori, 1992 yildan esa şu teatrning direktori lavozimida faoliyat körsatdi.

Yo.Ahmedov uzoq yillar şu ijodiy jamoada işlaş jarayonida 50 dan ortiq spektakllarda asosiy rollarni öynadi. Dastlab Uyğunning «Parvona» asari asosida sahnalaştirilgan spektaklda Murodjon rolini öynagan aktyor - bu birinçi va mustaqil roli ustida tinimsiz mehnat qildi, izlandi. U roldan-rolga ösib, keyinçalik qator ajoyib obrazlar yaratdi.

Yoqub Ahmedovni keng san'at muxlislariga tanitgan ilk obraz - bu Turob Töla ssenariysi asosida, rejissyor Y.A'zamov tomonidan 1958 yilda suratga olingan «Furqat» filmidagi Furqat obrazi böldi. Şundan keyin Yo. Ahmedov kinoda 30 ga yaqin obraz yaratib, özbek kino san'atida ham öz örniga ega böldi. U yaratgan Okxoy («Ganga qizi»), Azizbek («Ötgan kunlar»), Amir Olimxon («Qora konsulning halokati»), Şayx («Hamza»), Sultonali («Mehrobdan çayon») va boşqa obrazlarni alohida ta'kidlaş örinlidir.

Şuningdek, Yoqub Ahmedov «Özbekfilm» kinostudiyasida dublyaj qilingan 400 dan ortiq filmga ovoz berdi. Taniqli san'atkor «Alişer Navoiy», «Uluğbek xazinasi», «Diyonat», «Girdob», «Içkuyov» va boşqa videofilmlarda ham yetakçi rollarni ijro etdi.

Yoqub Ahmedovning sermahsul ijodi «Özbekiston xalq artisti» unvoni, 1977 yilda Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1997 yilda «Döstlik» ordeni bilan mukofotlandi.