Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov vafot etdi
O‘zbek Milliy akademik drama teatrining ustoz san’atkori, O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov 87 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
O‘zbek Milliy Akademik drama teatri ustoz san’atkori, O‘zbekiston xalq artisti, Davlat mukofoti sovrindori, "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni sohibi, teatr, kino va dublyaj aktyori Yoqub Ahmedov 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbek milliy akademik drama teatri xabar berdi.
Yoqub Ahmedov 1938 yil 3 yanvar kuni Namangan shahrida tug‘ilgan. Bolalik davridan sahnaga mehr qo‘yib, Namangan viloyat musiqali drama va komediya teatridagi spektakllarda qatnashgan.
1959 yili A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) tamomlagan.
1958 yildan Toshkentdagi Hamza nomidagi O‘zbekiston akademik drama teatri (2001 yildan — O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri) aktyori bo‘lib ishlagan, sahnada 50 ga yaqin qirrali obraz yaratgan. 1990-yillar oxiri — 2013 yilgacha teatr direktori sifatida faoliyat yuritgan, 2015 yilda teatr qoshida “Aktyorlik mahorati maktabi” studiyasini tashkil etgan.
Kinoda 1958 yildan suratga tushgan, yuzlab kinoloyihalarda ishtirok etgan. 400 dan ortiq film dublyaj jarayonida qatnashgan. Filmografiyasida “Maftuningman” (1958), “Shum bola” (1977), “Ali-Bobo va Qirq qaroqchi sarguzashtlari” (1980), “Yulduzli tunlar”dagi obrazlar va boshqalar bor.