Mediamagnat Rupert Merdok AQŞ prezidenti Donald Trampni «ovsar» deb atagan. Bu Qöşma Ştatlar yetakçisining immigratsiya siyosati böyiça fikrlari bilan boğliq, deb xabar bermoqda The Guardian Merdokning biografi Maykl Volf tomonidan yozilgan hamda Oq uydagi nizolarga bağişlangan kitobga tayangan holda.

Muallif Trampning texnologik kompaniyalar rahbarlari bilan ötgan yilgi uçraşuvini tilga olgan. Eng asosiy masalalardan biri xorijlik iste'dodli şaxslarni texnik kompaniyalarga jalb etişda qöllaniladigan viza berişni çeklaş imkoniyatiga tegişli edi.

Merdok telefon orqali muloqotda Trampdan uçraşuv yakunlari bilan qiziqqan hamda xorijliklar uçun uşbu vizalarni beriş tartibi soddalaştirilişi lozimligini aytgan, Tramp esa şunday javob qaytargan: «Biz özimiz hal qilamiz». Mediamagnat göşakni qöyganidan söng, u Trampni «esi past ovsar» deb atadi, deya yozadi kitob muallifi.

Eslatib ötamiz, avvalroq OAV Trampning Merdok bilan har haftalik suhbatlari haqida xabar bergandi. Ta'kidlanişiça, davlat rahbari hamda 21st Century Fox va News Corporation mediaholdinglari rahbari örtasida yaqin hamda çuqur munosabatlar örnatilgan.