Rossiya Mudofaa vazirligi «Kommersant'» naşrining 31 dekabr kuni Suriyaning Xmeymim şahridagi aviabazada ruslarning 7ta samolyoti yöq qilingani haqida tarqatgan xabarini inkor qildi.

Harbiy muxbir Roman Saponkov Xmeymimdagi Su-24M bombardimonçi samolyoti hujum oqibatida jiddiy şikastlangani körinib turgan suratlarni namoyiş etdi.

Foto: «VKontakte»
Foto: «VKontakte»

U suratlarni «VKontakte»dagi sahifasida e'lon qilgan. Bu suratlarga Suriyadagi jangari guruhlar faoliyatini yoritib boruvçi Directorate 4 Telegram-kanali e'tibor qaratgan.

«Texnika şikastlangan. Bitta Su-24, bitta Su-35S, bitta An-72, bitta An-30 razvedçigi, bitta Mi-8», — deyilgan xabarda. Saponkovning aniqlik kiritişiça, ikkita Su-24 va bitta Su-35S samolyotini safga qaytarişgan.

Foto: «VKontakte»

Yolğon foş böldi: Rossiya Mudofaa vazirligi AQŞni ayblaşda kompyuter öyinidagi skrinşotlardan foydalangan