07:36 / 06.01.2018
11079

AQSh hamon suriyalik kurdlarni qurollantirmoqda – Erdo‘g‘an

Foto: AP Photo / Syrian Democratic Forces

AQSh va'dasida turmay, suriyalik kurdlar mudofaa kuchlariga (YPG) harbiy ko‘mak ko‘rsatishni davom ettirmoqda, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lu ma'lum qilganidek, AQSh prezidenti Donald Tramp Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqotda Anqara terrorchilik tashkiloti deb hisoblaydigan YPG’ga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga ko‘rsatma berganini aytgan.

“Afsuski, bizning NATO bo‘yicha do‘stimiz AQSh terrorchilarni fura-fura qurol bilan ta'minlashni davom ettirmoqda. Bu bizni xavotirlantirmoqda. Biz Suriya shimolida O‘rta yer dengiziga chiqadigan terrorchilik yo‘lagini yaratishga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz bunday xavf holatida barcha zarur chorani ko‘ramiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron bilan birgalikda Parijda bergan matbuot anjumanda.

Ayni vaqtda Erdo‘g‘an Fransiyada qolmoqda. Erdo‘g‘an, shuningdek, Suriyaning amaldagi prezidenti Bashar Asadning bo‘lg‘usi saylovlarda ishtirok etishiga qarshi chiqdi. “Suriyada demokratik saylovlar lozim. Turkiya bunda ko‘mak berishga tayyor. Suriya mavzusi bo‘yicha keyingi birgalikdagi qadamlarni belgilab olish uchun Suriyadagi vaziyat bo‘yicha yaqin qarashlarga ega bo‘lgan davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvini tashkillashtirishni rejalashtirmoqdamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.   

Top