Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bu mehmonxona emas, bu yadro urushida milliarderlar uchun panohgoh
"Oppidum" (Oppidum) hashamatli bunkeri 30 ming kvadrat metr maydonni egallaydi hamda Pragadan uncha uzoq bo‘lmagan yerdagi sobiq harbiy baza hududida joylashgan, deb yozmoqda Mirror.

"Oppidum" milliarderlar uchun eng katta xususiy bunker (panohgoh) hisoblanadi. Ikki darajali gigant bazada yashovchilar sun'iy hovuz va spa-salon, ichimliklar saqlanadigan yerto‘la, kinoteatr, kutubxonadan foydalanishlari mumkin hamda hattoki quyoshli kunga o‘xshash effekt beruvchi bog‘da sayr qilish imkoniga egalar.

Tashrif buyuruvchilarga taklif etiluvchi boshqa optsiyalar – majlislar zali, tibbiy va jarrohlik xonalari, bir yillik zaxiraga ega ichimliklar saqlanadigan yerto‘la va tashqi dunyo bilan muloqot qilish qurilmalariga ega boshqaruv markazi.
Panohgohda yashirinish uchun xonalar 33 ming dollardan 261 ming dollarga qadar turadi. Bunker hammasi bo‘lib besh ming kishini o‘z bag‘riga sig‘dirishi mumkin.

Panohgoh jahondagi eng nufuzli va boy odamlarga xizmat qilishga shay, bu kadrlar ular yadro urushi yuz beradigan bo‘lsa, qanday qilib omon qolishi haqida tasavvur beradi.

Yerosti panohgohlar uchun talab yadro urushi bilan bog‘liq xavotirlar fonida oshib bormoqda, sababi Shimoliy Koreya o‘zining qurollanish dasturini mustahkamlash niyatida.
Chexiyalik ishbilarmon Yakub Zabrazilning iddao etishicha, bu panohgohdagi joy uchun talab hozirdan bor.

"Oppidum" bunkerining qurilishi 1984 yilda, «Sovuq urush» davrida boshlangan bo‘lib, o‘n yil davom etgan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainada korrupsiyaga qarshi xizmatlar mustaqilligi bekor qilinishi mumkin
Jahon | 15:09
-
Sog‘lom ozishni istagan ayollar uchun: ishonchli diyetologni qanday tanlash kerak?
Ayollar dunyosi | 14:49
-
Chegarasiz biznes: Dubay yagona erkin zona pasportini joriy qildi
Biznes | 14:48
-
O‘zbekiston va Serbiya migratsiya sohasida sheriklikni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 14:37
Mavzuga oid

09:30 / 10.01.2024
Pragada RF rasmiylari talabiga binoan rossiyalik shaxs qo‘lga olindi

10:25 / 22.12.2023
Pragadagi Karl universitetida otishma: 15 kishi halok bo‘ldi

08:35 / 31.10.2022
Pragada o‘n minglab odamlar demokratiyani qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishga chiqdi

08:20 / 29.10.2022