Xitoy şarqidagi Anxoy viloyatida kuçli qor yoğişi tufayli 3 yanvardan 5 yanvargaça 13 kişi halok böldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda.  

Avvalroq Tszyansu va Xubey viloyatlarida 2 kişi halok bölgani ma'lum qilingan. Ta'kidlanişiça, uşbu qor yoğişi oxirgi 10 yil içidagi eng kuçlisi deb tan olingan.

Kuçli qor yoğişi tufayli Xitoyning 5 ta viloyatidan 200 dan köproq kişi evakuatsiya qilingan, yana 100 ga yaqin kişi şoşilinç yordamga muhtoj. Bundan taşqari, köp qor tufayli 200 dan köproq uy vayron bölgan, 400 ga yaqiniga talofat yetgan. Qişloq xöjaligi maydonlariga ham zarar yetgan. Hukumat uşbu tabiiy ofatdan körilgan iqtisodiy ziyonni 500 mln yuandan (80 mln dollarga yaqin) köproqqa baholamoqda.  

Tabiiy ofat temir yöl va avtomobil transporti harakatlanişini izdan çiqargan.