Maykl Vulfning «Olov va ğazab: Trampning Oq uyida» kitobida AQŞning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli özini davlat rahbari lavozimiga ehtimoliy nomzod sifatida körayotgani tilga olinadi. Bu haqda The Times of India xabar bermoqda.

Xabar qilinişiça, Heylidan taşqari, uning nomzodi AQŞ prezidenti Donald Trampga yaqin bölgan köplab şaxslar tomonidan ham körib çiqilmoqda. Ularning fikriça, u amaldagi davlat rahbaridan ança taşabbuskor va aqlliroqdir.

Nikki Heyli
Foto: AP

Vulfning sözlariga köra, Heyli «Tramp hukumat tepasida maksimum bir muddat qoladi» deb hisoblamoqda hamda davlat rahbari uçun kuraşga kirişişi mumkinligini yaxşi tuşunib turibdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq WSJ Maykl Vulfning uşbu kitobiga tayangan holda Tramp sobiq maslahatçisi Ivankani «befahm ğişt» deb atagani haqida xabar bergandi.