Saudiya Arabistonidagi podşohlik saroyida yuz bergan noroziliklar tufayli 11 nafar şahzoda qölga olindi. Bu haqda Saudiyaning «Sabq» internet gazetasi xabar bermoqda.

Naşr ma'lumotlariga köra, podşohlik oilasining norozilik bildirgan şahzodalari podşoh Salmon bin Abdul Aziz Ol Sauddan tegişli buyruqni bekor etişni talab qilişgan. Unga köra, şahzodalar hisoblaridan suv va elektr energiyasi uçun tölovlarni amalga oşiriş töxtatilişi lozim. Şahzodalarning ma'lum qilişiça, qotillikda ayblangan hamda uç yil muqaddam qatl etilgan amakilarining öğillari ölimi uçun ham tovon puli olişni xohlaydilar.

Podşohlik gvardiyasi norozi bölganlarni ular saroyni tark etişdan boş tortişgaç, hibsga oldi. Şahzodalar «Al-Xayr» qamoqxonasida sudga qadar hibsda saqlanmoqda.

Avvalroq Saudiya Arabistonining marhum qiroli Abdulloh bin Abdulaziz Ol Saudning korrupsiya işi böyiça hibsga olingan ikki öğli – Faysal bin Abdulloh va Maş'al bin Abdulloh ozodlikka çiqarilgani xabar berilgandi.