Özbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan ayrim aksiyadorlik tijorat banklari bankomatlari orqali bank plastik kartoçkalaridagi mablağlarni kunlik naqd pul körinişida yeçiş çeklovi 300 ming sömgaça oşirildi.
Kun.uz axborot manbasining xabar qilişiça, ba'zi banklarga tegişli bankomatlar orqali mablağlarni naqdlaştirişdagi kunlik çeklovlar umuman bekor qilingan. Ma'lum qilinişiça, bunday amaliyot tijorat banklari tomonidan mustaqil bajarilib, mazkur çeklov turliça körinişda bölişi mumkin. Ayni çoğda, uşbu xizmatdan foydalanişda naqdlaştirilişi nazarda tutilgan summaning 1 foizi miqdorida komissiya tölovi uşlab qolinişi joriy qilingan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantiriş va barqarorligini oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan çora-tadbirlar Dasturining ijrosi yuzasidan Özbekiston Banklar assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan birgalikda amaldagi bank xizmatlariga belgilangan tariflarni qayta körib çiqqandi. Şuningdek, Markaziy bankning tavsiyaviy tarif rejalarida bank plastik kartalar orqali bankomatlardan bank plastik kartoçkasidagi mablağlarni naqdlaştirişda komissiya tölovi olinmasligi talabi 2017 yil 12 dekabrdan rasman bekor qilingan.

















