Yoşligidan harbiy bölişga, harbiy libos kiyişga qiziqmagan bolakay bölmasa kerak. Yurtimizda röy berayotgan islohotlar samarasi ölaroq, bir muddat maxfiylik qobiğida bölgan harbiylarimiz ham xalq bilan tobora jipsroq bölmoqda, bir söz bilan aytganda, armiyaning eşigi ham xalqimiz, yoşlarimiz uçun oçildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyevning qarorlari asosida yurtimiz böylab ötkazilayotgan Vatanparvarlik oyligi va unda taşkil etilayotgan tadbirlar yoşlarimizni vatanni sevişga, unga xizmat qilişga bölgan iştiyoqini bir neça marotaba kuçaytirmoqda.

Sohibqiron Amir Temur saltanatining poytaxti bölmiş köhna Samarqandda ham 14 yanvar — Vatan himoyaçilari kuni oldidan Markaziy harbiy okrug va Yoşlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengaşi tomonidan taşkil etilgan «Armiya va yoşlar» festivalida 40 mingga yaqin samarqandliklar iştirok etişdi.

Festivaldan avvalida harbiy texnikalar va harbiy xizmatçilarning tantanali yurişi bölib ötdi. Tadbirning tantanali oçilişida viloyat hokimi T.Jörayev, Markaziy harbiy okrug qömondoni, polkovnik A.Saidov va Yoşlar ittifoqi viloyat Kengaşi raisi R.Qobilov sözga çiqişdi.

Registon maydonidan universitet xiyoboni orqali Amir Temur haykaligaça bölgan 4,6 km marafon yugurişida esa 7 mingdan ziyod yoşlar qatnaşişdi. Ğoliblar viloyat hokimligi va Yoşlar ittifoqi viloyat Kengaşining esdalik sovğalari, hamda diplomlari bilan taqdirlanişdi.