2018 yildan boşlab, GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillariga aksiz soliği stavkasi 5 foizni taşkil etişi haqida xabar qilingandi. Ijtimoiy tarmoqlarda uşbu xabar katta muhokamalarga sabab böldi. Kun.uz muxbiri yangilik ortidan paydo bölgan savollarga javob izlaş uçun mutasaddi vakillar bilan boğlandi.
Maşina aksiz soliği stavkasi bungaça qança edi?
Ötgan 2017 yil boşida GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillariga aksiz soliği stavkasi 29 foizga teng bölgan. Şundan keyin, yilning yozida esa stavka 27 foizgaça tuşirilgan, ya'ni aksiz soliği 2 foizga kamaytirildi. Ayni paytda uning miqdori 5,4 barobarga kamaytirilib, 5 foiz etib belgilangan. Bu haqda «Özbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari töğrisida»gi qarorda ma'lum qilingandi.
Maşina aksiz soliğining pasaytirilişi işlab çiqariş narxiga ta'sir ötkazadimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bölgan savol ham ayni şudir. Ya'ni, GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillariga aksiz soliği stavkasi 27 foizdan 5 foizga tuşirilişi yangi işlab çiqariladigan avtomobil narxiga ham ta'sir ötkazişi mumkinmi? Kun.uz muxbiri mutasaddi vakillar bilan suhbatlaşib, barça axborotlarni tahlil qilgaç, şunday xulosa paydo böldi: aksiz soliğining tuşirilişi maşina narxiga ta'sir ötkazmaydi. Soddaroq qilib aytganda, GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillariga aksiz soliği stavkasining pasaytirilişi bilan jamiyat tomonidan işlab çiqarilişi nazarda tutilgan avtomobil narxi pasaymaydi.
Maşina aksiz soliğini pasaytirişdan maqsad nima?
2017 yil sentabr oyi ilk kunlaridan boşlab, Özbekistonda xorijiy valyuta mablağlarini liberallaşuvi jarayoni boşlangan va hozirgaça davom etmoqda. Har bir sohada kuzatilgani kabi, GM Uzbekistan AJ mahsulotlarini işlab çiqariş uçun çet eldan keltirilişi zarur bölgan ehtiyot qismlari, xom-aşyo vositalarining narx siyosatida xorijiy valyutaning sömga nisbatan qiymatiga qarab özgarib turadi. Taassufki, yengil avtomobil aksiz soliği 5 foiz etib belgilanişi valyuta liberallaşuvi jarayonida milliy maşinasozlik korxonasini ziyonsiz saqlab qoliş uçun qaratilgan çora-tadbirlardan biri hisoblanadi. Ayni paytda, işlab çiqarilişi nazarda tutilgan yengil avtomobillarning yangilangan narxi oşirilmasdan, ularning aksiz soliği pasaytirilgan.
Havola etilgan ma'lumotlar rasman GM Uzbekistan AJ tomonidan tasdiqlanişi yoki e'lon qilinişi kutilmoqda.
GM Uzbekistan yengil avtomobillari uçun aksiz soliği pasaytirildi
















