2017 yilda “Buxoro, Samarqand, Xiva va Şahrisabz şaharlarida 2017-2020 yillarda xavfsiz turizmni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror asosida xavfsiz turizmni ta'minlaş konsepsiyasi tasdiqlangan edi. Qaror ijrosini ta'minlaş maqsadida turizm xavfsizligini ta'minlaş böyiça içki işlar organlari faoliyati takomillaştirildi. Endilikda Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlari IIBda vaziyat markazlari faoliyat körsatadi. Ular xavfsiz turizm holatini monitoring qiliş, sayyohlarni real vaqt rejimida ehtimoliy xavflardan xabardor etiş hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga yordamlaşiş bilan şuğullanadi.
Hozirgi kunda Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlari içki işlar boşqarmalarida xavfsiz turizmni ta'minlaş böyiça boşqarmalar taşkil etildi va mazkur boşqarmalar boşliqlari tayinlandi. Ular, öz navbatida, viloyat IIB boşliqlarining örinbosari hisoblanadi. Yangi taşkil etilgan boşqarmalarga xorijiy tillarni mukammal biladigan xodimlar işga qabul qilingan.
Mamlakatda bölib turgan davrda sayyohlar xavfsizligini, transportdan foydalaniş va köçişlarini ta'minlaş böyiça turizm sohasida xizmatlar körsatuvçi va yetib kelgan sayyohlar hisobini yurituvçi davlat va nodavlat taşkilotlarning yagona axborot bazasini şakllantiriş rejalaştirilmoqda. Buxoro, Samarqand, Xiva va Şahrisabzdagi transport infratuzilmalari va xizmat körsatiş sohasi obektlarida plakatlar, belgilar va körsatkiçlar örnatilmoqda.
Mobil ilova sayyohlarni mamlakatimizda böliş qoidalari, viza va röyxatga oliş jarayonlari, diqqatga sazovor manzillar va yönalişlar, şuningdek, yaqin içki işlar organi tayanç punktlari va tibbiyot muassasalari töğrisida xabardor qilib turadi. Mazkur mobil ilovada sayyoh huquqni muhofaza qiliş organlariga muşkul vaziyatga tuşib qolganlik töğrisida xabar yuborişi yoki öz mamlakatining konsullik idorasiga murojaat yozişi mumkin.
Yaşaş joyi xavfsizligini ta'minlaş, mehmonxonaga joylaşiş va sayyohlarga xizmat körsatiş sohasida har bir mehmonxonada yetib kelgan sayyohlarning ma'lumotlar bazasini şakllantirişga imkon beruvçi «E-mehmon» elektron axborot tizimi joriy etilmoqda. Mehmonxonalarga kiriş joyi kunu tun videokuzatuv ostida böladi.
Bundan taşqari, «Xavfsiz turizm» yagona apparat-dasturiy majmuasi joriy etiladi. Bu videokuzatuv, ma'lumotlarni tahlil qiliş va avtomat ravişda qayta işlaş, huquqbuzarliklar va hodisalar töğrisidagi xabarlarni qabul qiliş va röyxatga oliş tizimi hisoblanadi.
Turistik diqqatga sazovor maskanlarga taşrif buyurgan sayyohlar va rasmiy xorijiy delegatsiyalar xavfsizligini ta'minlaş va keçki köngiloçar dasturlarni taşkil etiş sohasida sayyohlarni individual himoya qiliş böyiça maxsus texnik vositalarga bölgan talablarni işlab çiqiş va örnatiş ham belgilangan.

















