AQŞ prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatçisi Stiv Bennon Maykl Vulfning Oq uy haqidagi yangi kitobida e'lon qilingan öz bayonotlari uçun uzr söradi. Bu haqda Axios xabar bermoqda.

Vulfning «Olov va ğazab: Trampning Oq uyida» kitobida Bennon kiçik Donald Trampning ruslar bilan 2016 yilgi uçraşuvini «sotqinlik» deb atagan. Şundan söng Tramp sobiq maslahatçisi «aqldan ozgani» haqida ma'lum qildi.

Endi esa Bennon prezident va uning öğlidan uzr söraşga qaror qildi. Uning sözlariga köra, kiçik Tramp – «vatanparvar va yaxşi odam», ruslar bilan uçraşuv haqidagi izohlari esa Pol Manafortga tegişli bölgan.

«Men kiçik Don Trampga tegişli bölgan nomaqbul xabarlar böyiça javobim prezidentning tarixiy yutuqlaridan e'tiborni öziga tortganidan afsusdaman», - deya qöşimça qilib ötgan Bennon.

Eslatib ötamiz, avvalroq Donald Tramp tvitterdagi sahifasida özining strategik masalalar böyiça sobiq maslahatçisi Stiv Bennonni it bilan tenglaştirgani xabar berilgandi.