Qozoğiston Qişloq xöjaligi vazirligi rahbari örinbosari Nurjan Altayev Facebook’dagi sahifasida issiqxonalarda yetiştirilgan sabzavotlar narxi nimadan kelib çiqib belgilanişini tuşuntirib berdi, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz.
"Bizda issiq mamlakatlar bilan taqqoslaganda yetiştiriş uçun xarajatlar ança yuqori. Sababi, u yerda qişning özi yöq, bu esa tannarxga jiddiy ta'sir körsatadi. Şuningdek, bizda sabzavotlar issiqxonalarda mavsumlar oraliğida yetiştiriladi – bu ham yuqori xarajatlar. Qişdagi qimmat sabzavotlar – bu bizda, afsuski, an'anaga aylanib qoldi. Bunga qöşni Rossiyadagi yuqori narxlar ham ta'sir körsatadi, u yerga bizning janubiy mintaqalarimizdagi issiqxonalarda yetiştirilgan deyarli barça mahsulot yuboriladi", - deya tuşuntirgan vazir örinbosari.
Şu bilan birga, uning qöşimça qilişiça, vazirlik qişda sabzavotlar bilan ta'minlaşni yaxşilaş böyiça çoralar körmoqda. "Yana bir marta aytmoqçimanki, biz narxlarni tartibga solmaymiz. Biz işlab çiqarişga ta'sir körsatişimiz mumkin!" - deya ta'kidlab ötdi Altayev.
Şuningdek, u Qişloq xöjaligi vazirligida bu borada qanday işlab olib borilayotganini aytdi.
"Birinçi navbatda, bu yangi issiqxona xöjaliklari taşkil etişni qöllab-quvvatlaş – subsidiyalar, imtiyozli kreditlar va hokazo. Garçi mahsulotlarning katta qismi qöşni mamlakatlar bozoriga ketayotgan bölsa ham: bu kartoşka bilan yuz berdi, 100 ming tonnadan ortiq kartoşka qöşni Özbekistonga yuborildi – u yerdagi baland narxlar tufayli. Tadbirkorlarga ham u yerga sotiş foydaliroq.
Keyin, bizda jarayonda – olib ötiş, saqlaş, sotişda sabzavotlar va mevalarning katta qismi isrof böladi. Yöqotişlar 30-50 foizgaça yetişi mumkin. Bu ham narxlarga ta'sir körsatadi. Sababi şundaki, bizda zamonaviy omborxona majmualari juda kam", - deya ta'kidlab ötgan Nurjan Altayev.

















