Janubiy koreyalik olimlarning ta'kidlaşlariça, Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning soğliği bilan muammolar mavjud. Bu haqda “Tona ilbo” naşriga iqtibos keltirgan holda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Çxunçxon-Pukto viloyati universiteti professori Ço Don Uka Şimoliy Koreya rahbarining yangi yil murojaatini tahlil qilib, uning bir qator undoş tovuşlarni talaffuz qilişidagi vibratsiya, şovqin va amplituda unda “yurak va öpkadan köra, buyraklari bilan muammolar bölişi mumkinligini” ta'kidlaşga ijozat beradi.
“Bunday tahlil yordamida Kimning içki tana a'zolari işlaşi haqida qaror çiqariş mumkin emas, biroq uning yangi yil murojaati tahlili natijalariga köra, uning buyraklari qolgan tana a'zolariga nisbatan zaifroq işlaşini tuşuniş mumkin”, deb aytgan professor.
E'tiborlisi, Şimoliy Koreya rahbarining salomatligi borasidagi bu xabar 9 yanvarga belgilangan, Şimoliy Koreya va Janubiy Koreya vakillarining uçraşuvi arafasida paydo böldi. Kim Çen In millatga yangi yil murojaatida Janub bilan munosabatlarni yaxşilaşga tayyorligini bildirgandi.
Seul Şimoliy Koreyaning avvalgi rahbarlari salomatligi ortidan ham sinçkov kuzatuv olib borgan. Biroq Kim Çen Inning otasi Kim Çen Irning ovozini kamdan-kam odam eşitgan, çunki uning aytganlari va buyruqlari boşqalar tomondan yetkazilgan.
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, Şimoliy Koreyaning amaldagi rahbari qand kasalligi va qon bosimidan aziyat çekadi. 2016 yilda Janubiy Koreya razvedka xizmatlari uning vaznini çamalab körişgan va Kim Çen In 4 yil içida 40 kg.ga, ya'ni 90 kg.dan 130 kg.gaça semirgani haqidagi fikrga kelişgan.

















