«Real» Ispaniya primerasining 18-turi doirasidagi uçraşuvda «Selta»ni mağlub eta olmadi. Vigodagi «Balaidos» stadionida keçgan bahs 2:2 hisobida yakunlandi.

Daniel Vass 33-daqiqada darvozabon bilan birga-bir vaziyatga çiqdi va töpni darvozaga bexato joyladi. Toni Kroos 36-daqiqada töpni Garet Beylga yetkazib berdi, u esa himoyaçilarga yelkasi bilan turgani holda birga-bir vaziyatga çiqdi va çapdagi pastki uzoq burçakni aniq nişonga oldi. Isko oradan ikki daqiqa ötib, öng qanotdan töpni markazda turgan Beylga yetkazdi, u esa uzoq burçakka gol urdi.

Yago Aspas ikkinçi bölim örtalarida golkiper bilan birga-bir çiqdi, biroq birdaniga tepmay, darvozabonni aldab ötişga urindi, Keylor Navas esa uni yiqitdi. Aspas penaltidan çapdagi pastki burçakni nişonga oldi, darvozabon töpni uşlab oldi. Vass 82-daqiqada öng qanotdan töpni jarima maydonçasiga yetkazib berdi, Maksimiliano Gomes esa boşi bilan uni darvoza töriga joylab qöydi.

«Real» 32 oçko bilan bir öyin kam ötkazgani holda turnir jadvalida törtinçi örinni egallab turibdi. Yetakçilik qilayotgan «Barselona» bilan oradagi farq 16 ball. «Selta» (22) – 14-poğonada.

Selta – Real Madrid 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 33 Vass, 1:1 – 36 Beyl, 1:2 – 38 Beyl, 2:2 – 82 Maksi Gomes.
Selta – Blanko, Malo, Kabral, Ronkalya, Kastro, Vass (Xosabed, 90), Radoya (Lobotka, 73), Ernandes, Sisto (Mor, 73), Aspas, Maksi Gomes.
Real Madrid – Navas, Xakimi, Varan, Naço, Marselo, Modriç (Vaskes, 76), Kazemiro, Kroos, Isko (Kovaçiç, 77), Beyl (Asensio, 84), Ronaldu.
Ogohlantirişlar: Kazemiro (44), Malo (67), Navas (71), Aspas (88).