8 yanvarda Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In 34 yoşga töldi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi xabar bermoqda. Biroq Şimoliy Koreyada bu kun eslanmaydi, vaholanki davlatning sobiq rahbarlari – Kim Çen Inning bobosi Kim Ir Sen va otasi Kim Çen Irning tavallud kunlari davlat bayramlari sifatida nişonlab kelinadi.
Bundan taşqari, Kim Çen Inning tuğilgan sanasi (1984 yil 8 yanvar) va yoşi Şimoliy Koreyada yodga olinmaydi.
Biroq OAVning ta'kidlaşiça, 2014 yilda amerikalik basketbolçi Dennis Rodman Şimoliy Koreyaga taşrifi vaqtida aynan 8 yanvarda Pxenyanda Kim Çen In iştirokidagi basketbol uçraşuvida unga “Happy Birthday” (Tuğilganing kuning bilan) qöşiğini kuylab bergan.
Kim Çen In hokimiyatni otasining ölimidan keyin 2011 yil dekabrda egallagan. Şimoliy Koreyadagi an'anaga köra, rahbariyat siyosiy yönaliş uzluksiz davom etişi uçun otadan öğilga ötişi kerak.

















