Turkmanistonda yöl politsiyasi yöllarda faqat qora va quyuq kulrang maşinalarni emas, balki boşqa rangdagi maşinalarni ham töxtatmoqda. Bu haqda «Xronika Turkmenistana» naşri öz muxbirlari, şuningdek öquvçilariga tayangan holda xabar bermoqda.

Eslatib ötamiz, Turkmanistonda 2017 yilning 2 yanvaridan qora rangdagi avtomobillardan foydalanişga taqiq joriy etilgan.

Kök, qizil, yaşil va boşqa rangdagi maşinalarni politsiya jarima maydonçasiga olib borişni talab qilmoqda. Şu bilan birga, bu borada qandaydir izohlar berilmagan.

Qora maşinalardan foydalaniş böyiça yozma qaror va buyruqlar bölmagani sababli, yöl-patrul xizmati xodimlari bu boradagi körsatmani özlari bilganiça bajarmoqda. Ba'zi haydovçilar qöyib yuborilayotgan bölsa, aksariyatiga rangni böyaş yoki transport vositasidan foydalanmaslik haqida talab qöyilmoqda.

Avvalroq, Turkmanistonda ayollarga maşina haydaş taqiqlab qöyilgani xabar berilgandi.